TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi 26 mart kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechqurun yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 22-24 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 19-24 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
Oʻzbekistonning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.