Siyosat

Aripov va Medvedev telefon orqali muloqot oʻtkazdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovыm
 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovыm  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 2019 yil may oyi oxirlarida Qoʻshma komissiya majlisi hukumat rahbarlari darajasida oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev 2019 yil may oyi oxirlarida Oʻzbekistonda Qoʻshma komissiyaning birinchi majlisini hukumat rahbarlari darajasida oʻtkazishga kelishib olishdi.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i glava pravitelstva RF Dmitriy Medvedev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Atomdan baliqchilikkacha: Medvedev va Aripov Moskvada nimalarni muhokama qilishdi

Rossiya hukumati rahbari matbuot xizmatinining maʼlum qilishicha, tomonlar 25 mart kuni telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston-Rossiya savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, ikki davlat hukumat rahbarlari darajasida 2019 yil may oyi oxirlarida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Qoʻshma komissiya majlisiga tayyorgarlikni muhokama qilgan.

Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasida Qoʻshma komissiya Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻrtasidagi muzokaralar yakuni boʻyicha 2018 yil oktyabr oyida, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala