Iqtisod

Xususiy tadbirkorlarga ham taksi haydash huquqi beriladi

© Sputnik / Anton KurilkinTaksi v Uzbekistane
Taksi v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Shu yilning 1 iyulidan boshlab xususiy tadbirkorlarga taksi haydash huquqi beriladi.

TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilning 1 iyulidan boshlab xususiy tadbirkorlarga taksi xizmatlari koʻrsatish huquqi beriladi. Bu haqida Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyixasida aytib oʻtilgan. 

Taksi avtomobili va haydovchisi

Buning uchun ular litsenziya kartochkalari olishi va taksi operatorlari bilan elektron platforma orqali shartnoma imzolashlari kerak boʻladi.

Taksi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Adliya vazirligi jismoniy shaxslarga taksi xizmati koʻrsatishga ruxsat berilmaganini bildirdi

Xususiy shaxslar litsenziya toʻlovi yuridik shaxslar yengil avtomobillari uchun belgilangan toʻlovdan 1,5 baravar koʻproq boʻladi.

Taksi xizmatlari koʻrsatish uchun xususiy tadbirkorlar oʻz avtomobillarini sariq yoki boshqa maʼlum bir rangga boʻyashi kerak boʻlmaydi. Belgilangan koʻrinishdagi (shaxmat) nakleykani avtomobil kapoti va eshiklariga yopishtirilsa kifoya.

Taksi avtomobillari radiostantsiya, yoʻl haqini hisoblaydigan taksometr, toʻlov terminallari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

Undan tashqari, taksi avtomobillari va haydovchilari Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda maxus ish oldi koʻrigidan oʻtishlari kerak boʻladi.

Taksi operatorlari

Taksichilarga mijoz topib beruvchi taksi operatorlari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi.  Buning Transport vazirligi huzurida uchun maxsus muassasa tuziladi.

Taksi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda “Yandeks taksi”ning raqobatchisi paydo boʻldi

Operatorlar oʻzlarining toʻliq nomi, xuquqiy maqomi, manzili, INN va   foydalanilayotgan serverlari haqidagi toʻliq maʼlumotni Internetda joylashtirilari kerak boʻladi.

Faqat litsenziyasi bor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.

Operatorlar foydalanayotgan server uskunalarini Oʻzbekiston hududida joylashtirishlari kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda taksi xizmatini faqat yuridik shaxslar koʻrsatishi mumkin. Xususiy taksilar uchun ruxsatnoma olish va bashqa hujjatlarni rasmiylashtirish oʻta murakkablashtirilgan. Shu sabab aksariyat taksichilar noqonuniy ravishda faoliyat koʻrsatadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala