TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Franitsiya musulmonlar kengashi (CFCM) Yangi Zelandiya Kraysterch shahrida masjiddagi otishma video tarqatilganligi uchun Facebook va YouTube ustidan shikoyat qilishdi. Bu haqda France Info xabar qildi.
Shikoyat Frantsiya prokuroriga yoʻnaltirildi.
Musulmonlar kengashi terrorizmga undash yoki inson qadr-qimmatiga zarar yetkazadigan zoʻravon xabarlarni tarqatilishidan shikoyat qildi.
Eslatib oʻtamiz, 15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahri masjidlarida boʻlib oʻtgan teraktda 50 kishi qurbon boʻldi, yana 50dan ortiq kishi jarohatlandi.
Terrorchilar oʻz harakatlarini Facebookda translyatsiya qilishgan.