Jamiyat

Oʻzbekiston hukumati faoliyatiga doir muhim hujjatlar tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Kabineta ministrov Uzbekistana
Zdaniye Kabineta ministrov Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident hujjatlari loyihalari hamda kelishish uchun Prezident Administratsiyasiga yuborilgan Hukumat hujjatlari loyihalari Hukumat tomonidan har hafta, har oy va har chorakda batafsil oʻrganiladi.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Hukumat qarorlari bilan Vazirlar Mahkamasining Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovыm  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Aripov va Medvedev telefon orqali muloqot oʻtkazdi

Mazkur hujjatlar Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Apparatning ustuvor vazifalari har yili Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda ham belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, funktsiyalari, huquq va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi Hukumat qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻz ishini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida tashkil etadi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
BAA tashrifi: 10 mlrd dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi

Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hisoblangan hujjatlari qarorlar shaklida, tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha hujjatlari farmoyishlar shaklida qabul qilinadi.

Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining tadbirkorlik faoliyatiga oid hujjatlari muhokama qilinishi va belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri baholanishi kerak.

Prezident hujjatlari loyihalari hamda kelishish uchun Prezident Administratsiyasiga yuborilgan Hukumat hujjatlari loyihalari Hukumat tomonidan har hafta, har oy va har chorakda batafsil oʻrganiladi.

Shuningdek, Reglamentda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish, Vazirlar Mahkamasiga kiritish, qabul qilingan hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, joʻnatish, eʼlon qilish va ijrochilarga yetkazish tartibi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala