Xorazmda aholi chorvasiga zarar yetkazgan yovvoyi itlardan biri qopqonga tushdi

© pixabayShakal
Shakal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Hozirgi vaqtda aholi chorvalarini yovvoyi itlar hujumidan asrash choralari, xususan viloyat ovchilari va baliqchilari tomonidan ovlash choralari ko‘rilmoqda", - deb ma’lum qilindi Bosh prokuratura matbuot xizmatida.

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Xorazmda aholi chorvasiga zarar yetkazgan yovvoyi itlardan biri qopqonga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan Sputnik agentligiga taqdim etilgan ma’lumotnomada aytilgan.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

Ma’lumotnomada qayd etilishicha, Xorazm viloyati, Shovot tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan chegarasi hududiga yaqin joyda joylashgan, “Usta hunarmand” mahallasida yashovchi fuqarolarning uy hayvonlariga 2019-yil 7-mart kunidan boshlab yovvoyi it hujum qilib kelayotganligi aniqlangan.

Shovot tuman IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida ushbu yovvoyi it 2019-yil mart oyining boshidan buyon Turkmaniston Respublikasi chegarachilari tomonidan chegaradagi betaraf hududni qamishzorlardan tozalash maqsadida o‘t qo‘yilishi natijasida qamishzorlar orasida yashab kelgan yovvoyi itlar Shovot tuman hududiga o‘tib fuqarolarning qarovsiz qoldirilgan uy hayvonlariga hujum qilayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Jumladan, joriy yil mart oyi boshidan buyon yovvoyi itlar fuqaro D.Kurbanovning bir bosh echkisiga, fuqaro A.Karimovning bir bosh qo‘yiga, fuqaro M.Qurazovning bir bosh qo‘yiga hujum qilib jarohat yetkazib nobud qilgan.

Fuqaro R.Sabirov tomonidan qo‘lbola usulda yasalgan temir qopqon qo‘yilishi natijasida 2019-yil 16-mart kuni tungi vaqtda yovvoyi itlardan biri qopqonga tushib o‘lgan. Qopqonga tushgan yovvoyi itning rangi qoramtir kulrang.

Fuqaro R.Sabirov so‘zlariga ko‘ra, yovvoyi itni qopqonga tushirgan vaqtida ular ikkita bo‘lgan va oq rangdagi hayvon qochib ketgan.

Hozirgi vaqtda tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Viloyat ovchilari va baliqchilari tomonidan yovvoyi itlarni ovlash choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0