Jamiyat

Oʻzbekistonda oʻqituvchilar oyligi 1000 dollarga yetkaziladi

© SputnikKupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻqituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimlari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari ishtirokida “Oʻqituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimlari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Zarubejnaya pressa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shermatovning soʻnggi ogohlantirishini Nurafshon XTB eshitmaganga olmoqda

“Xalq soʻzi” nashrining maʼlum qilishicha, unda xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov soʻzga chiqib, jamiyatda oʻqituvchining maqomini yuksaltirish, mavqeini oshirish, ijtimoiy taʼminlanganlik darajasini koʻtarish, oʻqituvchini oʻz xizmat vazifasidan tashqari ishlardan ozod qilish singari sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib oʻtdi.

“Vaqti kelib, jamiyatda oʻqituvchining mavqei bundan ham yuksaladi. Prezidentimiz har bir videoselektorda oʻqituvchilar haqida albatta gapirib oʻtadilar, “Ularning oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha toʻxtamaymiz”, deb koʻp aytadilar. Nasib qilsa, albatta, shu darajaga boramiz”, dedi Sherzod Shermatov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala