Jamiyat

Oʻzbekistonda xorijiy ishchilar uchun patent joriy etiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishRabochiye-stroiteli na krыshe zdaniya v Moskve.
Rabochiye-stroiteli na krыshe zdaniya v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Ish beruvchilar Oʻzbekistonga xorijdan ishchi kuchini bir yillik ruxsatnoma olib jalb etishi mumkin. Chet el fuqarolari esa Oʻzbekiston hududida tasdiqnoma olgan holda mehnat qiladi. Bu Hukumatning “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorda yozilishicha, ruxsatnoma va tasdiqnoma olish uchun ish beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki elektron ruxsatnoma uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki ruxsatnoma berish uchun moʻljallangan maxsus onlayn-maydonchada roʻyxatdan oʻtadi.

Zamestitel direktora Instituta demografii NIU VSHE Mixail Denisenko  - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Denisenko: Mirziyoyev islohotlari tufayli Rossiyaga oʻzbek migrantlari oqimi pasaydi

Ruxsatnoma olish uchun elektron soʻrovnoma toʻldiriladi hamda unga ish beruvchining pasport nusxasi ilova qilinadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Arizani koʻrib chiqqanlik uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari (202 ming 730 soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Oʻzi kelib murojaat etilganda Davlat xizmatlari markazi bir soatda arizani Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yuboradi. Agentlik 5 ish kunida ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ish beruvchini xabardor qiladi.

“Ruxsatnomani olish uchun ish beruvchi besh ish kunida eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida (10 mln 130 ming 500 soʻm) yigʻimni toʻlashi lozim”, - deyiladi qaror matnida.

Agentlik yigʻim undirilganidan soʻng bir ish kunida ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni ish beruvchiga yuboradi. Agentlik oʻn besh ish kunida tasdiqnoma berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Ish beruvchi tasdiqnomani olish uchun 5 ish kunida quyidagi miqdorlarda toʻlov toʻlaydi:

-  vatandoshlar uchun, yuqori malakali va malakali mutaxassislar, Prezident maktablari va oliy oʻquv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun –  eng kam ish haqining 2 baravari (405 ming 460 soʻm) miqdorida;

- boshqa chet el fuqarolari uchun – eng kam ish haqining oʻttiz baravari (6 mln 81 ming soʻm) miqdorida.

Toʻlov toʻlanganidan soʻng bir ish kunida tasdiqnoma rasmiylashtiriladi va ish beruvchiga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala