TOSHKENT, 27 mar – Sputnik. Irlandiya politsiyasi UFC sobiq chempioni Konor Makgregor ustidan jinsiy zoʻravonlik ayblovlar yuzasidan tergov ishini olib bormoqda. Bu haqda New York Times gazetasi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, oʻtgan yil dekabrda sobiq chempionga qarshi shaxsi sir saqlangan ayol tomonidan jinsiy zoʻravonlikda ayblagan.
Shikoyat arizasida qayd etilishicha, bu hodisa Dublindagi Beacon mehmonxonasida sodir boʻlgan. Makgregor vaqti-vaqti bilan pentxaus bron qilib kelgan va u yerda oxirgi marta oʻtgan yil dekabrda boʻlgan.
2019 yil yanvarda politsiya Makgregorni qoʻlga oldi va soʻroq qilingandan keyin qoʻyib yuborilgan. Sportchiga hali ayblov eʼlon qilinmagan.
Sportchi vakillari bu maʼlumotlar boʻyicha hech qanday izoh berishmadi.
Kuni kecha UFC yulduzi Konor Makgregor aralash yakkurash sportidagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgandi. MMAda 25 ta jang qilib, ulardan 21 marta gʻalaba qozongan va 4 marta magʻlubiyatga uchragan.