TOSHKENT, 27 mar - Sputnik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Hindistonni koinotni zabt etgan yirik mamlakatlar qatoriga qoʻshilganini eʼlon qildi, deb yozmoqda RIA Novosti NDTV xabariga asosan.
“Endi Hindiston koinotni zabt etgan yirik davlatlar qatoriga qoʻshildi. Hindstonda ishlab chiqilgan raketa 3 daqiqadan kam vaqt ichida Yerga yaqin boʻlgan orbitada harakatlanayotgan sputnikni urib tushirdi”, - dedi Modi Hindiston xalqiga qilgan murojaatida.
Bosh vazir ushbu voqeani tarixiy deb atadi, va shu vaqtga qadar faqat 3 mamlakat: Rossiya, AQSH va Xitoy bunday yutuqqa erishganini aytdi.
Hindistonda ishlab chiqarilgan raketa Yerdan 300 kilometr uzoqlikda harakatlanayotgan sutnikni urib tushirgan. Endi ushbu raketalar ommaviy ravishda ishlab chiqariladi. Bosh vazir ushbu missiya hech qaysi mamlakatga qarshi qaratilmaganini hamda xalqaro konventsiya va shartnomalarga zid emasligini xabar qilgan.
Maʼlumot uchun – Hindiston 1947 yildan buyon oʻz koinot dasturini amalga oshirmoqda. Hukumat tomnidan tashqil qilingan maxsus tashkilot - ISRO ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan izlanishlar va raketa sanoatini yoʻlga qoʻyish ishlarini muvofiqlashtirib kelmoqda.