Hodisalar

Xitoyda tahqirlangan yana bir ayol Oʻzbekistonga qaytarildi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Shanxay
Goroda mira. Shanxay - Sputnik Oʻzbekiston
Jabrdiyda soʻzlariga koʻra, Xitoyga yetib borganidan buyon ogʻir ijtimoiy sharoitda yashagan, unga ovqat berishmagan, urishgan, tahqirlashgan hamda pasportini olib qoʻyishgan.

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. 2019 yilning 26 mart kuni Oʻzbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi mamlakat fuqarosi Maftuna Xolmatovaning ushbu shahar tumanlaridan birida majburan ushlab turilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olib mahalliy politsiya hokimiyatiga rasmiy murojaat qilgan. 

TIV rasmiy xabariga koʻra, natijada Oʻzbekiston fuqarosi joylashgan manzili aniqlangan hamda u bilan konsullik xodimlari uchrashgan.

Devushka v pole - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xitoylik yigitga turmushga chiqib, tahqirlangan qiz Oʻzbekistonga qaytarildi – video

Ushbu Oʻzbekiston fuqarosining xabar berishicha, u 2018 yilning iyun oyida Namangan shahridagi nikoh agentligi vositasida XXR fuqarosi Yao Venxao bilan tanishadi hamda vaʼdalariga ishonib rasmiy nikohni qayd etgandan soʻng Xitoyga turmush oʻrtogʻining yoniga uchib ketadi. Uning soʻzlariga koʻra, yetib borganidan buyon ogʻir ijtimoiy sharoitda yashagan, unga ovqat berishmagan, urishgan, tahqirlashgan hamda pasportini olib qoʻyishgan. U oʻziga yetkazilgan aziyatlarga chidolmay bir necha marta qochishga uringan.

Politsiya boʻlimi boshligʻi ham ishtirok etgan suhbatdan soʻng Oʻzbekiston fuqarosi Bosh konsulxonaga topshirilgan. 28 mart kuni Pekin shahri orqali uchgan aviareysda ayol Toshkentga yetib keldi.

Boshqa mamlakatlarda Oʻzbekiston fuqarolari bilan sodir boʻlgan bu kabi faktlar yagona emasligini inobatga olib, TIV Konsullik-huquqiy departamenti Oʻzbekiston fuqarolariga uzoq muddatga xorijiy davlatga borganda Oʻzbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik hisobida turishni hamda bu kabi va boshqa murakkab hayotiy vaziyatlarda ularga murojaat qilishni qatʼiy tavsiya etadi. Bunday holatlarda milliy pasportni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq xitoylik yigitga turmushga chiqib, oʻzga yurtda turli qiyinchiliklarni boshidan kechirgan va tahqirlangan namanganlik qiz Oʻzbekistonga qaytarilgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala