Siyosat

Kreml Trampning Venesueladan yoʻqolish talabiga javob qaytardi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH prezidenti Donald Tramp ilgariroq Rossiyadan Venesueladan qoʻshinlarni chiqarib ketishni talab qilgan edi

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Kreml Donald Trampning Venesueladan yoʻqolish talabiga javob qaytardi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Glava Natsionalnogo sobraniya Venesuelы i lider oppozitsii Xuan Guaido - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Vaqti keldi: Guaido Maduroni “agʻdarish” sanasini belgiladi

AQSH dunyoning koʻplab burchaklariga kirib borgan, ularga hech kim qayerda boʻlish yoki boʻlmaslikni koʻrsatmaydi, Rossiya ham oʻzining ikkiyoqlama munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga boʻlgan huquqini hurmat qilishlariga umid qiladi, dedi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Donald Trampning Venesueladan ketish haqidagi chaqirigʻiga izoh berar ekan.

"Amerika Qoʻshma Shtatlariga keladigan boʻlsak, ular dunyoning koʻplab burchaklariga kirib borgan, ularga hech kim qayerda boʻlish kerak-kerak emaslikni koʻrsatib turmaydi. Shu bois, biz ham, deylik oʻzaro hurmatga umid qilishni xohlar edik - biz oʻzimizning hamda oʻsha biz munosabat oʻrnatmoqchi boʻlgan davlatning manfaatlariga mos keladigan munosabatlarni quramiz va bunga boshqa davlatlar ham hurmat bilan qarashini xohlaymiz", - dedi Peskov jurnalistlarga.

U shuningdek, Moskva Venesuelaning ichki ishlariga aralashmasligini qoʻshimcha qildi va uchinchi davlatlar ham xuddi shunday qilishlariga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala