Jamiyat

MIB Ozoda Nursaidova yashagan uy devori nega buzilganiga oydinlik kiritdi

Yakkasaroy tumani, Koʻxinur koʻchasida joylashgan turar joy binosini etak qismida oʻzboshimchalik bilan qoʻshib olingan yer maydonida joylashgan qurilma-devor qarzdor Ozoda Nursaidovaning hisobidan buzdirib tashlash toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud boʻlgan.

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Ilgariroq ommaviy axborot vositalarida xonanda Ozoda Nursaidova uyi buzilganidan keyin shifoxonaga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Majburiy ijro byurosi ushbu voqeaga oydinlik kiritdi.

Pevitsa Ozoda Nursaidova  - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Ozoda Nursaidova shifoxonaga yotqizildi: uning ahvoli haqida maʼlumot berildi

Maʼlum boʻlishicha, Yakkasaroy tumani, Koʻxinur koʻchasida joylashgan turar joy binosini etak qismida oʻzboshimchalik bilan qoʻshib olingan 178,0 kv.m. yer maydonida joylashgan qurilma-devor qarzdor Nursaidova Ozoda Parpiyevnaning hisobidan buzdirib tashlash toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud boʻlgan.

Yanvar oyi oxirida davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro hujjati talablarini belgilangan vaqtda bajarmaslik oqibatlari haqida tushuncha berilgan va bu haqda tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Ijro hujjati ijrosi berilgan ixtiyoriy muddatda bajarilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Dastlab, oltinchi fevralda majburiy ijro harkatlari Yakkasaroy tumani xokimiyati vakillari ishtirok etishmagani sababli, boshqa kunga qoldirilgan. Bundan tashqari, xonadon egalari tomonidan ijro hujjatini toʻxtatish yoki bekor qilish uchun asos boʻladigan hech qanday hujjatlar taqdim qilinmagan shu sababli majburiy ijro harakatlari davom ettirilgan.

Shundan soʻng, 8 fevralda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari va xolislar ishtirokida ijro hujjati ijrosi (soat 15-00 dan soat 21-30 ga qadar) toʻliq bajarilib, 178,0 kv.m. yer maydondagi noqonuniy qurilma buzilgan.

Ijro harakatlarini amalga oshirish davrida, xonadon egasi Ozoda Nursaidova, singlisi Nilufar Nursaidova, tuman hokimligi, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, IIB XOOB profilaktika inspektori, tez tibbiy yordam xizmati hamda "Bogʻsaroy" MFY raisi ishtirok etishgan.

Sotrudniki byuro prinuditelnogo ispolneniya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
MIB Oʻzbekistondagi qarzdorlar bilan qanday ishlamoqda? Ulkan armiya faoliyatiga nazar

Xonadon egalari Ozoda Nursaidova va boshqalar kadastr boʻlimi xodimlariga qurilma oʻlchami notoʻgʻri hisoblangani haqida eʼtiroz bildirib, dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortishgan va bu haqida IIB XOOB profilaktika inspektori tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, majburiy ijro harakatlari davomida, Ozoda Nursaidovaning sogʻligi yomonlashgani kuzatilmagan, shuningdek davlat ijrochilarining harakatiga qarshilik koʻrsatish yoki toʻsqinlik qilish holatlari sodir etilmagan.

Ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan hisoblanadi, deyiladi MIB xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala