Jamiyat

Prezident administratsiyasi aholidan tushayotgan murojaatlarni oʻz nazoratiga oladi

© Sputnik / StringerSayt virtualnoy priyemnoy prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva
Sayt virtualnoy priyemnoy prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Sayyor qabulda 300dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, mahalliy aholi uchun dolzarb boʻlgan 100 ta masala bilan murojaat etdi va bu muammolar oʻz yechimini topdi.

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Sayyor qabullarda aholidan kelib tushgan har bir murojaat Prezident administratsiyasi nazoratida turadi. Bu haqda Navoiy viloyati Nurota tumani aholisi uchun Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi hamda viloyatdagi prezident Xalq qabulxonasi tomonidan tashkil etilgan ommaviy sayyor qabul davomida aytib oʻtildi.

Oʻzbekistondagi rahbarlar xalq bilan muloqotga chiqdilar - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekistondagi mansabdorlar kutilmaganda xalq huzuriga kirib bordilar

Mazkur qabul viloyat markazidan  240 km uzoqlikda joylashgan Nurota tumanining "Temirqovuq"  mahalla fuqarolar yigʻinida "Temirqovuq", "Chuqurquduq", "Choʻpon ovul", "Qoʻziboy quduq" qishloqlari  hamda "Sentop" va "Kattasoy" mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun tashkil etildi. Unda 300dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, mahalliy aholi uchun dolzarb boʻlgan 100 ga masalalar bilan murojaat etdi va bu masalalar oʻz yechimini topdi.

Xususan, shulardan biri Nurota tumanida ichimlik suvi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarning hal etilishi boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari Alisher Usmonov va Navoiy viloyati IIB mutasaddilari sayyor yigʻilish davomida kelishib olindi.

Muammoni hal etish maqsadida mutasaddilar tez kunlarda imtiyozli kredit evaziga har bir xonadonga artizan quduq qazib berib, suv chiqarish boʻyicha aniq chora tadbirlar belgilanib, kelishib olindi.

Shuningdek, tadbir davomida mutasaddilar aholining uy-joy bilan taʼminlash, turar joyni kadastr qilish, isteʼmol krediti olish, ishsizlik, sogʻliqni saqlash, ichki yoʻllarni taʼmirlash, eskirib ketgan sim yogʻochlarni yangilariga almashtirish masalalari boʻyicha ham bildirgan shikoyatlarini tinglab, oʻz joyida murojaatlarning aksariyat qismini qanoatlantirishdi.

Oʻzbekiston prezidenti joriy yilning 12 mart sanasida Nurota tumaniga tashrifi chogʻida tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun 63 milliard soʻm mablagʻ ajratilgani haqida maʼlumot bergan edi. Uchrashuvlar davomida hududdagi ishsizlik masalasi mazkur mablagʻlardan aholiga 8% bank kreditlari ajratish orqali hal etilishi ham aytib oʻtildi.

Tadibir yakunida viloyat va tuman rahbariyati eʼtibori uchun tashkilotchilar tomonidan aholidan kelib tushgan murojaatning har biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining nazoratida turishi taʼkidlanib, bir oz vaqt oʻtgach ushbu muammolarning hal etilishi holati boʻyicha barcha tuman va viloyatlarda qayta tekshiruvlar oʻtkazilishi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala