Migratsiya

Putin Qirgʻiziston fuqarolari uchun "migratsiya amnistiyasi" muddatini uzaytirdi

© Sputnik / Andrey SteninZaderjannыe migrantы vo vremya reyda politsii
Zaderjannыe migrantы vo vremya reyda politsii - Sputnik Oʻzbekiston
"Qirgʻiziston tomoni iltimosiga koʻra, amnistiya aprel oxiriga qadar uzaytirildi, bu esa mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar alohida xarakterga egaligi dalilidir", - dedi Putin.

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Rossiyada vaqtincha yashash rejimini buzgan Qirgʻiziston fuqarolari uchun migratsiya amnistiyasi muddati 2019 yil aprel oyiga qadar uzaytirildi.

Su-25 rossiyskoy aviabazы Kant v Kirgizii prisvoyeno imya Geroya Sovetskogo Soyuza letchika I. Taranchiyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Qirgʻizistondagi aviabazasi uchun toʻlovni oshirdi

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Qirgʻiziston muzokaralari yakunlari boʻyicha bayonot berdi.

Rossiya yetakchisi, 2018 yil oktyabrda Qirgʻiziston prezidenti iltimosi bilan migratsiya amnistiyasi oʻtkazilganini, shu tufayli Rossiyada vaqtincha yashash qoidalarini buzgan Qirgʻiziston respublikasining minglab fuqarolari vatanga chiqib, hech bir toʻsiqsiz yana Rossiyaga qaytishga muvaffaq boʻlganini, ular maʼmuriy javobgarlikka tortilmaganliklarini eslatib oʻtdi.

Putin Qirgʻizistonni Rossiyaning strategik sherigi deb atadi.

"Qirgʻiziston tomoni iltimosiga koʻra, amnistiya aprel oxiriga qadar uzaytirildi, bu esa mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar alohida xarakterga egaligi dalilidir", - dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala