Rayhon, Ziyoda va boshqa yosh estrada xonandalari kitob sovg‘a qilish aksiyasida ishtirok etishdi

© UzbekkonsertZvezdi uzbekskoy estradi prinyali uchastie v aksii
Zvezdi uzbekskoy estradi prinyali uchastie v aksii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yosh san’atkorlar Toshkentning 4 ta maktabiga borib, o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilishdi.

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Kitob sovg‘a qilish aksiyasida o‘zbek yosh estrada xonandalari ham ishtirok etishdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva poytaxtdagi 241–son, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova 299-son, xonandalar Oybek va Nigora 179-son, Jahongir Poziljonov 278-son maktablariga borishib, o‘quvchilarga bir qancha kitoblar sovg‘a qilishdi.

© UzbekkonsertZvezdi uzbekskoy estradi prinyali uchastie v aksii
Rayhon, Ziyoda va boshqa yosh estrada xonandalari kitob sovg‘a qilish aksiyasida ishtirok etishdi - Sputnik O‘zbekiston
Zvezdi uzbekskoy estradi prinyali uchastie v aksii

 “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ma’lum qilishicha, bu aksiyada nafaqat poytaxtdagi san’atkorlar balki viloyatlardagi xonandalar ham ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

© UzbekkonsertZvezdi estradi prinyali uchastie v aksii
Rayhon, Ziyoda va boshqa yosh estrada xonandalari kitob sovg‘a qilish aksiyasida ishtirok etishdi - Sputnik O‘zbekiston
Zvezdi estradi prinyali uchastie v aksii

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova va boshqa taniqli san’atkorlar Toshkent shahridagi 248-sonli va Toshkent viloyatidagi 6-sonli maktabga tashrif buyurishib, kitob sovg‘a qilishgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0