Dunyoda

Rossiya Qirgʻizistondagi aviabazasi uchun toʻlovni oshirdi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishSu-25 rossiyskoy aviabazы "Kant" v Kirgizii prisvoyeno imya Geroya Sovetskogo Soyuza letchika I. Taranchiyeva
Su-25 rossiyskoy aviabazы Kant v Kirgizii prisvoyeno imya Geroya Sovetskogo Soyuza letchika I. Taranchiyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Qirgʻizistondagi aviabaza uchun toʻlovni 4,5 million dollardan 4,79 million dollarga oshirdi.

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Valdimir Putinning Bishkekka tashrifi doirasida Rossiyaning Qirgʻizistondagi harbiy bazasi haqidagi shartnomaga oʻzgarish kiritishga kelishib olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Rossiyaning Qirgʻizistondagi harbiy bazasi Respublika mudofaa imkoniyatini mustahkamlaydi va Markaziy Osiyo hududida muhim xavfsizlik omili boʻlib xizmat qiladi”, - dedi Putin uchrashuv davomida.  

Rossiya va Qirgʻiziston kelajakda ham harbiy va harbiy-texnik sohada hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.

V Moskve prezentovali sedan i limuzin Aurus - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putinning yangi limuzinini birinchi marta Qirgʻizistonda koʻrishadi

Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov aytishiga qaraganda, tomonlar shuningdek, Rossiya harbiy bazasiga doir ayrim tashkiliy masalalarni ham muhokama qilishgan. Xususan, 2012 yilda imzolangan ijara shartnomasi qayta koʻrib chiqildi.

Biroz oldin, normativ huquqiy hujjatlar portalida Rossiya Qirgʻizistonga harbiy baza ijarasi uchun toʻlaydigan toʻlov miqdori 291 ming dollarga oshirilishi xabar qilinagn edi. Shunday qilib jami toʻlovlar miqdori yiliga 4,5 million dollardan 4,79 million dollarga yetdi.

Rossiyaning “Kant” harbiy bazasi Qirgʻizistonda 2003 yilning oktyabr oyida ochilgan edi. Uning asosiy vazifasi KXSHTning yerdagi operatsiyalarini havodan himoya qilib turishdir. Harbiy bazada Su-25SM samolyotlari va Mi-8MTV vertolyotlari joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala