Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi samarali boʻldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev zavershil ofitsialnыy vizit v OAE
Shavkat Mirziyoyev zavershil ofitsialnыy vizit v OAE - Sputnik Oʻzbekiston
Tashrif davomida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi.

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali boʻldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Vitse-prezidentom, Premyer-ministrom OAE, emirom Dubaya Sheyxom Muxammadom bin Rashidom Al Maktumom - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Dubay amiri Shavkat Mirziyoyevning tashrifi haqida oʻzbek tilida tvit yozdi

Oʻzbekiston rahbari Abu-Dabi shahrida mazkur Amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muloqotlar chogʻida mamlakatlar oʻrtasidagi savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda oʻzaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi. 

Oʻzbekiston prezidenti Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala