Toshkentda qariyb 500 gramm quyma tillani yutib, uchmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishZoloto
Zoloto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolar umumiy narxi 90 million so‘mlik 26 dona quyma tilla bo‘laklarini yutib, O‘zbekistondan olib chiqib ketishga urinishdi.

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Toshkent aeroportida bojxonachilar qariyb 500 gramm quyma tillani yutib, uchib ketishga uringan fuqarolarni ushladi.

Davlat bojxona qo‘mitasining xabar qilishicha, “Toshkent-Amritsar” yo‘nalishi bo‘yicha  uchib ketmoqchi bo‘lgan va “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan ikki nafar fuqarolar bojxona nazoratidan o‘tish chog‘ida bojxonachilarga hech qanday noqonuniy buyumlarni olib ketmayotganliklarini ma’lum qilishadi.

Biroq aeroportda o‘rnatilgan zamonaviy Body scanning qurilmasida ushbu shaxslar tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning ichki a’zolarida metall jismlar borligi oshkor bo‘ladi.

“G.B. va S.X. lar jami  vazni 451 grammni tashkil etuvchi, umumiy narxi 90 million so‘mlik  26 dona quyma tilla bo‘laklarini yutgan holda yurtimizdan olib chiqib ketishga urinishgan ekan”, - deyiladi bojxona xabarida.

© Press-slujba GTK RUzTamojennikami Uzbekistana bil presechen sluchay, svazanniy s nezakonnim vivozom zolota
Toshkentda qariyb 500 gramm quyma tillani yutib, uchmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi - Sputnik O‘zbekiston
Tamojennikami Uzbekistana bil presechen sluchay, svazanniy s nezakonnim vivozom zolota

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avalroq bojxonachilar tomonidan jami 8 dona quyma tilla bo‘laklarini olib o‘tish maqsadida yutib olgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0