Dunyoda

Qalampirni xush koʻruvchilar uzoq umr koʻrishadi(mi)?

© AP Photo / Ajit SolankiIndianka smotrit na ekran svoyego mobilnogo telefona vo vremya sbora urojaya krasnogo pertsa v Gandinagare, Indiya
Indianka smotrit na ekran svoyego mobilnogo telefona vo vremya sbora urojaya krasnogo pertsa v Gandinagare, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston
Olimlar yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishdi.

TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Qizil qalampirni muntazam isteʼmol qiluvchi kishilar kam hollarda  yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va xatarli oʻsimtalar muammolariga duch kelishadi, deb yozadi “KP”.

Garvard universiteti sogʻliqni saqlash maktabi va Brigam ayollar kasalxonasi olimlari yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishadi.

Krujka s goryachim chayem v ruke mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qaynoq choy isteʼmol qilish oʻlimga olib kelishi mumkin – olimlar

Olimlar xulosasiga koʻra, achchiq taʼmli ovqatni xush koʻruvchilar boshqalarga qaraganda 12-14 foizga koʻproq umr koʻrishadi. Achchiq qalampirni isteʼmol qilishlarini aytgan kishilar qator kasalliklardan kamroq vafot etishgan.

Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, professor Gennadiy Onishenko ham chili qalampiri tarafdori. U mayda qalampir boʻlaklarini limon sharbati bilan har kuni ichishga harakat qilishini aytgan. U buni organizm uchun katta foydasi borligi taʼkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, bu kuch baxsh etuvchi va kayfiyatni koʻtaruvchi endorfin gormonini ishlab chiqaradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq haddan tashqari miqdorda gazli va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta oʻlish ehtimolini sezilarli ravishda oshirishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala