Dunyoda

Qozogʻiston prezidenti Tokayevning ilk xorijiy tashrifi qayerga amalga oshirilishi maʼlum boʻldi

© REUTERS / Mukhtar KholdorbekovKasыm-Jomart Tokayev
Kasыm-Jomart Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev aprel oyida oʻzining ilk xorijiy tashrifini amalga oshirmoqchi.

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev 3 aprel kuni ilk xorijiy tashrif bilan Rossiyaga keladi, Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Qozogʻiston rahbari matbuot xizmati.

Ushbu tashrif Tokayevning Qozogʻiston prezidenti sifatidagi ilk xorijiy tashrifi boʻladi.

"3 aprel kuni Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga joʻnab ketadi. Davlat rahbari tashrif dasturining asosiy maqsadi RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazishdan iborat boʻladi", - deyiladi Qozogʻiston rahbarining rasmiy saytida.

Obraщeniye Nursultana Nazarbayeva k narodu Kazaxstana po sluchayu svoyey otstavki - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Hokimiyatni birovga topshirish yoki Qozogʻiston taraqqiyot yoʻli qanday boʻladi

Taʼkidlanishicha, Qozogʻiston va Rossiya yetakchilari uchrashuvi kun tartibidan ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb mavzular masalalari oʻrin olgan.

Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi. U prezidentlik vakolatlarini parlament senati spikeri Tokayevga topshirdi. Tokayev 2020 yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan saylovlargacha Qozogʻiston prezidenti vazifasini bajaradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala