Jamiyat

Oʻzbekiston MDH chegara qoʻshinlari Kengashida faollashgani qayd etildi

Toshkentda boʻlib oʻtayotgan chegara qoʻshinlari Kengashi majlisida Ukraina, Moldova va Turkmanistondan boshqa  MDHning barcha aʼzolari ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Oʻzbekiston MDH chegara qoʻshinlari Kengashida faollashani qayd etildi, dedi jurnalistlarga Kengash koordinatsiya xizmati raisi general-polkovnik Aleksandr Manilov, RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz bugun Oʻzbekistonning MDH chegara qoʻshinlari Kengashining barcha tadbirlarida   faol ishtirok etayotganini koʻrib turibmiz”, - dedi Manilov majlis doirasida.

Manilov aytishiga qaraganda Kengashning ilk majlisi 1992 yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan edi. oradan 27 yil oʻtib Kengash aʼzolari yana bir bor Toshkentda jamlanishganini qayd etdi.

Bugun Toshkentda MDH chegara qoʻshinlarining 81-majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda Ukraina, Moldaviya va Turkmanistondan boshqa MDHning mamlakatlari vakillari ishtirok etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, MDH chegara qoʻshinlari kengashiga Ozarbayjon, Armaniston,  Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala