Jamiyat

Bozorda goʻsht va sut narxini barqarorligini taʼminlash choralari belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
2019-2021 yillarda chorva mollari soni, goʻsht va sut ishlab chiqarishni oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi davlat qoʻmitasi tashkil etildi

Qaror bilan Qoʻmita va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi.

Qoʻmita raisi bosh vazir taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

“Oʻzbekchorvanasl” Agentligi bosh direktori lavozimiga koʻra qoʻmita raisining oʻrinbosari hisoblanadi.

Qoʻmita raisi Bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari, Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligining “O‘ZNASLCHILIK” va “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat korxonalari “Oʻzbekchorvanasl” Agentligi tarkibiga oʻtkazildi.

Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Rossiyadan goʻsht-sut mahsulotlariga qoʻyilgan taʼqiqini bekor qilishni soʻramoqda

Qarorga muvofiq, chorva mollarini sugʻurtalash tartibi ishlab chiqiladi.

Samarqand veterinariya meditsina institutining Toshkent filiali tashkil etiladi.

Goʻsht va sut narxi barqarorligini taʼminlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan quyidagilar tashkil etiladi:

- qoramollarni boʻrdoqiga boqishga ixtisoslashgan korxonalar;

- sut yoʻnalishidagi korxonalar.

Qaror bilan 2019-2021 yillarda chorva mollari soni, goʻsht va sut ishlab chiqarishni oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Mazkur koʻrsatikichlarga muvofiq respublikada 2021 yilga kelib 13 ming 825 bosh chorva mollari, 3 mln 646 ming 300 tonna goʻsht hamda 11 mln 882 ming 500 tonna sut ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala