Florida ko‘chalari zaharli qurbaqalarga to‘lib ketdi – video

Obuna bo‘lish
Minglab zaharli qurbaqalar Floridaning Palm-Bich-Gardens shahri ko‘chalarini to‘ldirib yuborib, mahalliy aholiga hujum qilmoqda.

CBS This Morning portalining ma’lum qilishicha, aga qurbaqaning kattaligi 20 sm, vazni esa bir kilogrammgacha yetishi mumkin.

Qurbaqalar bog‘lar, hovuzlar, yo‘lovchi yo‘lkalari va hatto turar joy binolarini to‘ldirib yuborishdi. Mutaxassislar shahar aholisini diqqatli bo‘lishga chaqirmoqda. Chunki qurbaqalarning boshi zaharli suyuqlik bilan qoplangan. Ayniqsa, bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik so‘ralgan.

Qayd etilishicha, qurbaqalar hujumidan uy hayvonlari ham aziyat chekishlari mumkin.

Mutaxassislar qurbaqalarning shaharda paydo bo‘lishini bahorning yomg‘irli boshlangani bilan tushuntirishdi.

Aga qurbaqasi Floridaga Markaziy va Janubiy Amerikadan keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0