Hodisalar

Moskvada ikki kishini urib yuborgan haydovchi oʻzini politsiyaga topshirdi – Ramzan Qodirov

© Instagram / odi_cityAvtomobil "Niva" posle stolknoveniya na Mojayskom shosse
Avtomobil Niva posle stolknoveniya na Mojayskom shosse - Sputnik Oʻzbekiston
Ramzad Qodirov YTH voqea joyidan qochib ketgan haydovchini zudlik bilan politsiyaga kelishiga chaqirgandi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Mercedes Gelandewagen avtomashinasi haydovchisi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning chaqiruvidan soʻng oʻzini politsiyaga topshirdi. Bu haqda Checheniston rahbari oʻzi maʼlum qildi.

Bundan avval Ramzan Qodirov YTH voqea joyidan qochib ketgan haydovchini zudlik bilan politsiyaga kelishiga chaqirgandi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kadyrov_95 (@kadyrov._95)

"Muslim Jambekov Checheniston huquq tartibot organlariga keldi... Checheniston ichki ishlar organlari rahbariyati maʼlumotiga koʻra, Jambekov shok holatida boʻlgan va avariya paytida jarohat olgan”, - deb yozdi Qodirov oʻzining Telegram-kanalida.

Kanalda yozilgan maʼlumotlarga koʻra, Jambekov Checheniston rahbarining murojaati haqida eshitgandan keyin “zudlik bilan politsiyaga taslim boʻlishga qaror qabul qildi. Istalgan jazoga tayyor ekanligi, sodir boʻlgan ishdan chin dildan pushaymon boʻlganligi va YTHda halok boʻlganlarning yaqinlariga hamdarlik bildirgan.

24 mart kuni Moskva Mojaysk shossesida avtohalokat sodir boʻldi: Mercedes katta tezlikda “Niva” bilan toʻqnashdi. Buning oqibatida “Niva” salonida boʻlgan ayol va uning farzandi halok boʻldi. Oila boshligʻi esa shifoxonaga yotqizildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala