Jamiyat

"Olmaliq KMK" oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganish uchun kitoblar sovgʻa qildi

© Filial NITU "MISiS"Almalыkskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat podaril uchebniki
Almalыkskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat podaril uchebniki - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston boʻylab “Rahbardan 10 ta kitob” tashabbusi faol ravishda tarqalmoqda.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov joriy yilning 29 mart kuni Olmaliq shahridagi 80-sonli maktab-internat oʻquvchilariga 50 ta eng sara badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalari hamda ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun qator lugʻat va adabiyotlar sovgʻa qildi. Bu haqda MISiS matbuot xizmati xabar qildi.

Zvezdы uzbekskoy estradы prinyali uchastiye v aktsii  - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Rayhon, Ziyoda va boshqa yosh estrada xonandalari kitob sovgʻa qilish aktsiyasida ishtirok etishdi

“Eng durdona oʻzbek adabiyotlari hamda oʻquv qoʻllanmalar, ingliz tilini oʻrganish niyatidagi oʻgʻil-qizlarimiz uchun tuhfa qilingan lugʻatlar maktab-internatimiz kutubxonasini yanada boyitdi. Oʻquvchilarimizning xursandchiligini aytmaysiz-mi! Barcha pedagoglar jamoasi, ota-onalar va oʻquvchilar nomidan maktab-internatimizga muntazam ravishda koʻmaklashib kelayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga va shaxsan kitoblar sovgʻa qilgan kombinat rahbari Abdulla Xursanovga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz,” - deydi 80-maktab-internat direktori A.Mamatqulov.

Oʻzbekiston boʻylab “Rahbardan 10 ta kitob” tashabbusi faol ravishda tarqalmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Sherali Joʻrayev, Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova va boshqa taniqli sanʼatkorlar Toshkent shahridagi 248-sonli va Toshkent viloyatidagi 6-sonli maktabga tashrif buyurishib, kitob sovgʻa qilishgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala