Jamiyat

Oʻzbekistonda yangi davlat qoʻmitasi tashkil etildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat veterinariya qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil etildi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik.  Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Trade at a city food pre-Easter fair held on Karl Marx Square in Novosibirsk. (File) - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda “rezina” tuxum paydo boʻldimi: Veterinariya qoʻmitasi tekshiruv oʻtkazdi

Farmon bilan Davlat veterinariya qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Qoʻmita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Quyidagilar Qoʻmita tarkibiga oʻtkazildi:

- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning akademik litseyi;

- Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti;

-  Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti;

- Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Qoʻmita huzurida Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda “Oʻzbekchorvanasl” agentligi tashkil etildi.

Korovы na molochno-tovarnoy ferme - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Samarqand viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi

2020 yil 1 yanvardan:

-  100 boshli chorva va 100 ming parranda boʻlgan xoʻjaliklarda veterinariya vrachi va zootexnik shtati joriy etiladi;

- qoramolchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklardagi hamda aholi qaramogʻidagi sigirlar selektsiya rejasiga asosan naslli buqalar urugʻi bilan sunʼiy urugʻlantiriladi;

- tuman hokimlari kelgusi yilga ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini “Oʻzbekchorvanasl” agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala