Dunyoda

Putin bilan suratga tushgan Aymatovning nevarasi internet yulduziga aylandi

© © Sputnik / Mixail KlimentyevTot samыy sluchay, kogda na foto - dva prezidenta
Tot samыy sluchay, kogda na foto - dva prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston
Chingiz Aytmatovning besh yoshli nevarasi Rossiya va Qirgʻiziston prezidentlari Vladimir Putin va Sooranbay Jeenbekov bilan suratga tushdi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Putin va Jeenbekov bilan suratga tushgan Chingiz Aymatovning nevarasi keyin internet yulduziga aylandi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Kыrgыzstan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston prezidenti Putinga Sherxan laqabli boʻribosar itni sovgʻa qildi – foto

Rossiya va Qirgʻiziston prezidentlari Bishkekda sovet va qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning muzey-uyiga tashrif buyurishdi.

Yozuvchining oila aʼzolari ular uchun ekskursiya oʻtkazishdi.

Davlat rahbarlari hayotining soʻnggi 20 yilini oʻtkazgan uyda joylashgan ekspozitsiyalarni tomosha qilishdi.

Putin va Jeenbekovga Aytmatov hayoti aks etgan rasmlarni koʻrsatishdi.

Ekskursiyadan soʻng prezidentlar Aytmatovlar oilasi bilan birga suratga tushishdi.

Rossiya prezidenti matbuot xizmati foto-suratchisi yozuvchining besh yoshli nevarasi Sulayman yuzi va qoʻli bilan qilgan kulgili holatini tasvirga oladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala