Qozog‘istonning birinchi xonimi yo‘q – prezident Tokayev ajrashgan

© Kazakh Presidential Press Service/Handout via REUTERS Kasim-Jomart Tokayev
Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akorda respublika yangi prezidentining batafsil tarjimai holini taqdim etdi.

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Qozog‘iston yangi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev ajrashgan, bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti Tokayevning ilk xorijiy tashrifi qayerga amalga oshirilishi ma’lum bo‘ldi

Akorda rasmiy saytida Tokayevning tarjimai holi joylashtirildi.

Unda ota-onasi, ma’lumoti, oilasi va qiziqishlari haqida ma’lumotlar yozilgan. Xususan, davlat rahbari ajrashganligi ma’lum bo‘ldi.

Kasim-Jomart Tokayev – xalqaro munosabatlar muammolari bo‘yicha 10 ta kitob muallifi, sog‘lom turmush tarzi tarafdori hisoblanadi. Badiiy, siyosiy, tarixiy adabiyotlarni o‘qish bilan qiziqadi.

Qozog‘iston prezidenti Nadejda Davidovna Tokayeva bilan turmush qurgan edi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda u Moskvada istiqomat qiladi. Ular o‘rtasida bir nafar farzand Timur Tokayev bor.

Yangiliklar lentasi
0