Rossiyada dunyoda muqobili yo‘q artilleriya o‘qi yasalmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishVistreli iz artilleriyskix orudiy
Vistreli iz artilleriyskix orudiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoda muqobili yo‘q artilleriya o‘qi Nudelman nomidagi mashinasozlik konstruktorlik burosida yasaladi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiyada dunyoda muqobili yo‘q artilleriya o‘qi yasalmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Nudelman nomidagi mashinasozlik konstruktorlik burosi direktori Valeriy Makeyev ma’lum qildi.

Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2017. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada eng zamonaviy T-90MS tank sinovdan o‘tkazildi

“Bundan tashqari, yuqori aniqlikda boshqariladigan artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqarmoqdamiz, dunyoda muqobili yo‘q 57-mm.li artilleriya o‘qini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz”, - dedi u intervyu davomida.

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘q Nudelman nomidagi mashinasozlik konstruktorlik burosida yasaladi.

Artilleriya quroli dushmanning jonli kuchlariga talofat yetkazish, jangovar texnikani ishdan chiqarish hamda mudofaa inshootlarini vayron qilishga mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0