Samarqand ko‘chalari suvga to‘ldi

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda surunkali yomg‘ir yog‘ishi mahalliy aholiga qanday noqulayliklar tug‘dirayotgani aks ettirilgan videoroliklar paydo bo‘ldi.

Samarqandning qator ko‘chalarida 29-martda boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshib chiqish holati kuzatildi.

Samarqand shahrining ko‘plab ariqlarida suv to‘planib qolib, ulkan ko‘lmaklar paydo bo‘ldi. Bu suv toshqini transport vositalari hamda piyodalar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirdi.

Shuningdek, tinimsiz yomg‘ir natijasida ayrim mahallalardagi aholi yashayotgan uylarda ham bir qator muammolarni keltirib chiqargan.

Jabrlanganlar va yetkazilgan zarar haqida hozircha ma’lumotlar mavjud emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda surunkali yomg‘ir yog‘ishi mahalliy aholiga qanday noqulayliklar tug‘dirayotgani aks ettirilgan videoroliklar paydo bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0