Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini amerikalikka qarshi o‘tkazadi

Obuna bo‘lish
Bo‘lajak jang AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov 26-aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Shaxram Giyasov, zolotaya medal  - Sputnik O‘zbekiston
Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

MOQ xabariga ko‘ra, Shahramning navbatdagi raqibi amerikalik Emmanuel Teylor. Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, u interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi.

Ta’kidlanishicha, bo‘lajak jang AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi. Shahram G‘iyosov so‘nggi jangini meksikalikka qarshi o‘tkazib, raqibini texnik nokautga uchratgan edi.

Yangiliklar lentasi
0