Iqtisod

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi jinsi shim va poyabzal ishlab chiqarish korxonasiga baho berdi

© Press-slujba prezidenta RUPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pobыval na predpriyatii Ekvatorial Chodak Group
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pobыval na predpriyatii Ekvatorial Chodak Group - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vobkent tumanidagi Ekvatorial Chodak group korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vobkent tumanidagi Ekvatorial Chodak group korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

“Yaponiya, Italiya, Turkiya va Xitoydan besh yuzdan ziyod zamonaviy tikuv mashinasi hamda dastgohlar oʻrnatilib, yiliga 1 million 500 ming donagacha jinsi shim ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.  Bugungi kunda korxonada  500 nafarga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Uzoq yillar foydalanilmay turgan bino Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 3 million dollar imtiyozli krediti hamda loyiha tashabbuskorlarining 2 million dollar miqdoridagi mablagʻi evaziga qayta tiklangan.

© Press-slujba prezidenta RUPredpriyatiye Ekvatorial Chodak Group v Buxarskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi jinsi shim va poyabzal ishlab chiqarish korxonasiga baho berdi - Sputnik Oʻzbekiston
Predpriyatiye Ekvatorial Chodak Group v Buxarskoy oblasti

Davlati rahbari texnologik jarayonlar bilan tanishib, mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi. Korxona ishchilari bilan muloqot qildi. Iqtisodiy sohadagi barcha chora-tadbirlar, saʼy-harakatlardan maqsad xalqni rozi qilish, aholini, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ekanini taʼkidladi. 

Korxonada kiyim-kechaklarni boʻyash va ularga qayta ishlov berish tsexi tashkil etilgan. Bu viloyatdagi turdosh korxonalarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatish hisobiga, qoʻshimcha foyda olish imkonini beradi. 

Yaqinda bu yerda poyabzal ishlab chiqarish korxonasi ham ishga tushirildi. Italiyaning zamonaviy uskunalari oʻrnatilib, yiliga 600 ming donagacha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Loyiha quvvatlari toʻla oʻzlashtirilgach, ishchi-mutaxassislar soni qariyb ming kishiga yetadi.

© Press-slujba prezidenta RUPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pobыval na predpriyatii Ekvatorial Chodak Group
Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi jinsi shim va poyabzal ishlab chiqarish korxonasiga baho berdi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pobыval na predpriyatii Ekvatorial Chodak Group
 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala