Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga tashrifi boshlandi

© press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Abduxolika Gijduvani
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Abduxolika Gijduvani - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat rahbari Abduxoliq Gʻijduvoniy maqbarasi ziyorat etdi va maqbarada amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni Buxoro viloyati Gʻijduvon tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari Abduxoliq Gʻijduvoniy maqbarasi ziyorat etdi va maqbarada amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi. Bu yerga imom-xatiblarni jalb etib, ularga allomalar maʼnaviy merosini toʻgʻri va chuqur oʻrgatish, xalqqa yetkazish boʻyicha topshiriqlar berdi. 

Shavkat Mirziyoyev otpravilsya v Buxarskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga joʻnab ketdi

“Kitobda oʻqish boshqa, ziyorat qilib, yurakdan oʻtkazib oʻrganish boshqa. Bu joy maʼrifat markazi boʻlishi, odamlar oʻziga ilm olib ketishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Islom hamkorlik tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti - ISESCO tomonidan Buxoro shahri 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilindi.

Prezident bu sanaga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish, uning doirasidagi tadbirlarni Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 915 yilligi va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligi bilan hamohang nishonlash, xalqaro ilmiy konferentsiya oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala