Hodisalar

“Snikersni toʻxtatma!”: Tverda 160 dona shokolad oʻgʻirlagan oʻzbekistonlikka jazo tayinlandi

© JOHN THYS / AFPShokoladnыe batonchiki
Shokoladnыe batonchiki  - Sputnik Oʻzbekiston
Jinoyatchi oʻz aybini toʻliq tan olgan. U moddiy ahvoli yaxshi emasligi uchun bu jinoyatga qoʻl urganini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 29 mar - Sputnik. Oʻzbekiston fuqarosi gipermarketdan shokolad va IQOS chekish moslamasini oʻgʻirladi. Bu haqda Tver shahar Proletar tuman sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Kodirjon Jumaboyev oʻtgan yilning noyabr oyida Tver shahridagi “Karusul” savdo markazi omborxonasidan 30 dona IQOS 2.4 chekish moslamasi va 160 dona “Snikers” shokoladini oʻgʻirlagan.

Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Tverda oʻzbekistonlik avtomobil olib qochdi

Uning gipermarketga yetkazgan moddiy zarari 135 ming 491 rubl miqdorda baholangan.

Jinoyatchi oʻz aybini toʻliq tan olgan. U moddiy ahvoli yaxshi emasligi uchun bu jinoyatga qoʻl urganini maʼlum qilgan.

Sud hukm chiqarishda aybini tan olgani va jazoni yengillashtiruvchi holatlar  - uning toʻrt nafar farzandi borligini eʼtiborga oldi. Shuning uchun unga 9 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyada oʻtash belgilandi. Sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan va hukm ustidan shikoyat keltirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala