Jamiyat

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining vazifalari belgilandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoKXL. TSSKA - "Salavat Yulayev"
KXL. TSSKA - Salavat Yulayev - Sputnik Oʻzbekiston
Agentlikning asosiy vazifasi keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish hisoblanadi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali orqali xabar qilindi.

Taʼkidlanishicha, qaror bilan sil kasalligi boʻyicha Respublika DOTS markazi tugatilib uning vazifalari Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga oʻtkazildi.

Denejnыe kupyurы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nogiron farzandini parvarishlagan onalarga nafaqa toʻlanadi

Nizomga koʻra, Agentlikning asosiy vazifasi keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish hisoblanadi.

Agentlik tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

-  hududiy tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlinmalari, tuman shoʻʼbalari;

- urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;

- nogironligi boʻlganlar va keksalar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari;

- nogironligi boʻlganlar va keksalar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika sanatoriylari;

- nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari;

- Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;

- Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi.

Nizom bilan Agentlikning huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi. Agentlik direktori Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala