O‘zbekiston Belarus bilan harbiy kadrlarni tayyorlashda hamkorlikni kuchaytiradi

© Ministerstvo oboroni RUzUzbekistan i Belarus reshili usilit sotrudnichestvo v oblasti podgotovki voyennix kadrov
Uzbekistan i Belarus reshili usilit sotrudnichestvo v oblasti podgotovki voyennix kadrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘rtasida professor-o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish va harbiy san’atning dolzarb muammolari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Joriy yilning 25-28 mart kunlari O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Belarus Harbiy akademiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Spesnaz Uzbekistana vpervie na ucheniyax v SShA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek armiyasiga Pentagon tajribasi nega kerak bo‘lmasligi haqida

Ikki mamlakat oliy harbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida, O‘zbekiston-Belarus harbiy bilim yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘rtasida professor-o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash va harbiy san’atning dolzarb muammolari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalari bo‘yicha harbiy-ilmiy (ilmiy-amaliy) anjumanlarni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi vakillari Belarus Harbiy akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kursantlarning sifatli ta’lim olishi, yashashi va mazmunli hordiq chiqarishi, shuningdek harbiy-ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0