O‘zbekistonlik futbolchi Londonda operatsiya qilinadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOfitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18
Ofitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Londonda operatsiya qilinadi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Londonda operatsiya qilinadi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.

Otabek Shukurov “China Sup-2019” xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgan edi. Keyinchalik tekshiruvlar natijasida Shukurovning boldir suyagi pastdan singani va u kamida 2 oy maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019 - Sputnik O‘zbekiston
"China Cup-2019": O‘zbekiston Xitoy ustidan g‘alaba qozonib, bronzani qo‘lga kiritdi

Otabek Shukurovga jarohat yetkazgan Xitoy milliy terma jamoasi va "Guanchjou Evergrand" klubi hujumchisi Vei Shi Xao o‘yindan keyin o‘zbekistonlik futbolchi oldiga kelib, undan uzr so‘rab, qilgan ishi uchun pushaymon ekanini ma’lum qilgan.

"Guanchjou Evergrand" klubi futbolchisining Shukurovga nisbatan qo‘polligini qattiq qoralab, Vei Shi Xaoni klub o‘yinlaridan chetlatgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Qolaversa, Vei Shi Xao harakatlari o‘rganib chiqilib, futbolchi bir umrga futboldan chetlatilishi ham mumkinligi e’lon qilingandi. 

China Cup - match Uzbekistan-Urugvay - Sputnik O‘zbekiston
"China Cup-2019": O‘zbekiston milliy jamoasi Urugvayga yirik hisobda yutqazdi

“Professional futbolchi sifatida futbolda jismoniy to‘qnashuvlar tabiiy ekanini tushunaman, Vei Shi Xao o‘yindan keyin oldimga kelib, uzr so‘raganda, men uning uzrini qabul qilganman. Shu sababli men "Guanchjou Evergrand" klubiga rasman murojaat qilib, futbolchiga belgilangan jazo chorasini yumshatishni so‘rab qolgan bo‘lardim", - dedi Otabek Shukurov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “China cup-2019" xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvda Xitoy ustidan g‘alaba qozonib, bronzani qo‘lga kiritgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0