Shavkat Mirziyoyev yana bir ko‘p farzandli oilaga ajoyib sovg‘a ulashdi

© kruz.uzV Karakalpakii troynyashkam dali imya prezidenta
V Karakalpakii troynyashkam dali imya prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari sharafiga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yilgan uchtalik egizaklar ota-onasiga prezident nomidan avtomobil sovg‘a berildi

TOShKENT, 30 mar – Sputnik. Birdaniga uch egiz dunyoga kelgan Buxorodagi ko‘p farzandli oila o‘z dilbandlariga mamlakatning amaldagi rahbari sharafiga - Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yishga qaror qildi.

An’anaga muvofiq bu voqeadan so‘ng tez orada oilaga yangi Chevrolet Cobalt avtomobili kaliti topshirildi.

© Foto: troll.uz / instagram Podarok dlya semi troynyashek iz Buxari
Shavkat Mirziyoyev yana bir ko‘p farzandli oilaga ajoyib sovg‘a ulashdi - Sputnik O‘zbekiston
Podarok dlya semi troynyashek iz Buxari

Bundan tashqari, oilaga uch egizakka mo‘ljallangan kolyaska hadya etildi.

Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekistonda uchtalik egizaklarga prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga ism qo‘yilishi holati birinchi bor ro‘y berayotgani yo‘q. Andijonda ham uchtalik egizaklar otasi o‘z farzandlariga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti sharafiga - Islom, Abdug‘ani va Karim deya ism qo‘ygan edi.

Yangiliklar lentasi
0