Hodisalar

Afgʻonistonda general Doʻstum kortejiga hujum uyushtirildi

© FVP AfghanistanKortej generala Abdul-Rashid Dustuma v Afganistane
Kortej generala Abdul-Rashid  Dustuma v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston
General Abdul-Rashida Doʻstum kortejiga uyushtirilgan hujum oqibatida 1 tan soqchisi qurbon boʻldi 2 kishi jarohatlandi.

TOSHKENT, 31 mar – Sputnik. Afgʻoniston shimolida “Tolibon” radikal harakati tomonidan birinchi vitse-prezident, general Abdul-Rashid Dustum kortejiga hujum uyushtirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Dari.

General Doʻstum avtomobil kortejiga Balx –Jauzjan viloyatiga borayotganda Balx-Shibergan yoʻlida hujum uyushtirilgan. Hujum oqibatida 1 tan soqchisi qurbon boʻlgan ikki nafari jarohatlangan. Birinchi vitse-prezident zarar koʻrmagan. 

General Abdul Rashid Doʻstum - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
General Doʻstum Afgʻonistonni tark etdi

Xabarda aytilishiga koʻra, Doʻstum ushbu hujum haqida oldindan bilgan, lekin safarini bekor qilmagan. Boʻlib  oʻtgan jangda hujumchilar tomonidan ham bir necha jangari yoʻq qilingan va hujumchi guruh boshligʻi qoʻlga olingan.

Bundan biroz oldin general Doʻstum, agar unga imkoniyat berilsa 6 oyda Afgʻoniston shimolini tolibon jangarilaridan tozalashini xabar qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, yil boshidan buyon Tolibon harakati oʻzining hukumatga qarshi faoliyatini keskin oshirgan. Tolibon va hukumat qoʻshinlari orasida koʻplab toʻqnashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Bir necha kun oldin Afgʻoniston Shimolida 170ga yaqin hukumat askarlari tolibon tomonidan asirga olingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala