Dunyoda

Germaniyada terorchilikda ayblanib Markaziy osiyolik 10 kishi ushlandi

© AFP 2018 / RONNY HARTMANNPolitsiya Germanii. Arxivnoye foto.
Politsiya Germanii. Arxivnoye foto.  - Sputnik Oʻzbekiston
Germaniyada “Islomiy davlat” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa qilishda ayblanib 10 nafar Markaziy osiyolik hibsga olindi.

TOSHKENT, 31 mar – Sputnik. Germaniya politsiyasi Dyusseldorfda terrorchilik akti rejalashtirayotgan 10 nafar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini qoʻlga oldi, deb xabar qilmoqda Bild nashri.

“Ushbu fuqarolar Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Baden-Vyurtemberg federal hududlarida boʻlib oʻtgan maxsus aksilterror operatsiyalar davomida hibsga olindi. Operatsiya doirasida portlovchi moddalar bilan ishlovchi mutaxassislar yordami kerak boʻldi”, - deyilgan xabarda.

Dyusseldorf shahar prokuraturasi vakilining soʻzlariga koʻra, gumon qilinuvchi shaxslar 10 kishi va ularning aksariyati  Tojikiston fuqarolari. Ular “Islomiy davlat” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa qilishda va davlat xavfsizliga tahdid solishi mumkin boʻlgan jinoyat rejalashtirishda gumonlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala