Ukraina prezidenti saylovida 45% saylovchilar ovoz berdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezidentskie vibori na Ukraine
Prezidentskie vibori na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina konstitutsiyasiga asosan, prezident etib saylanish uchun nomzodlardan biri 50%dan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak.

TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Bugun Ukrainada bo‘lib o‘tayotgan prezident saylovilarida 45% saylovchilar ovoz berdi, deb xabar qilmoqda Ukraina Markaziy saylov qo‘mitasi.

“Soat 15:00 da 195 saylov okruglari ma’lumotiga asosan prezident saylovida ishtirok etgan saylovichlar soni 45%dan oshdi”, - deyilgan Markaziy saylov qo‘mitasi xabarida.

Ukraina politsiyasiga saylovda yuz bergan qonunbuzarliklar haqida 649 ta xabar kelib tushgan, 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ukrainada prezident saylovlarida 135 mingdan ortiq IIV xodimlari xavfsizlikni ta’minlashmoqda.

Zasedanie suda po delu grajdanki Ukraini Nadejdi Savchenko - Sputnik O‘zbekiston
Savchenko Ukraina xalqini "qari siyosatchilar" uchun ovoz bermaslikka chaqirdi

Eslatib o‘tamiz, saylovdan bir hafta oldin o‘tkazilgan so‘rovlarda aktor Zelenskiy nomzodi yetakchilik qilayotgan edi. Fuqarolarning 30% uni qo‘llab quvvatlashgan. Amaldagi prezident Petr Poroshenko o‘shanda 17%, Yuliya Timoshenko esa 12 % ovoz to‘plagan edi.

Ukraina konstitutsiyasiga muvofiq prezident saylovichda qancha odam ishtirok etishidan qat’iy nazar saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi, lekin prezident bo‘lib saylanish uchun nomzodlardan biri 50%dan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak. Hech bir nomzod yetarlicha ovoz to‘play olmagan taqdirda, saylovning ikkinchi turi tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0