Jamiyat

Zarafshonda sayyor qabul boʻlib oʻtdi  

© Xalq bilan muloqotVыezdnoy priyem otvestvennыx lits v Navoiyskoy oblasti
Vыezdnoy priyem otvestvennыx lits v Navoiyskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Davlat maslahatchisi oʻrinbosari, viloyat prokurori va soliq boshqarmasi rahbari ishtirokida Navoiy viloyatining uzoq ovullarida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 31 mar – Sputnik. Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari A.Usmonovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Zarafshon shahrida oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda  “Xalq bilan muloqt” guruhi administratori Mansur Abdusattarov.

Sayyor qabulda A.Usmonov bilan birga viloyat prokurori SH.Aminov, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi A.Bozorov, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 

Priyem grajdan v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oltita vazirlik va davlat idoralari rahbarlari Buxoroda sayyor qabul oʻtkazadi

Sayyor qabulda Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida istiqomat qiladigan 110 nafar fuqarolarning murojaati qayd etildi. Aholini tashvishlantirayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼul shaxslar biriktirildi.

Shuningdek, qabul chogʻida Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida jinoyatchilikning oldini olishda faollik koʻrsatgan 4 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari raislariga kitoblar sovgʻa qilindi.

Undan tashqari Tomdi tumani “Aqtau” ovulida oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabulda aholi tomonidan tщshgan 26 ta murojaatlar ijro uchun qabul qilinib, nazoratga olindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala