Jamiyat

Oʻzbekiston tashqi qarzi muntazam oʻsib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Tashqi qarz miqdorining oshishi Oʻzbekistonga boʻlgan ishonchning oshishini bildiradimi?

TOSHKENT, 31 mar – Sputnik. Markaziy bank eʼlon qilgan hisobotga koʻra, 2019 yil boshida Oʻzbekiston tashqi qarzi 17,3 milliard dollarni tashkil qilgan va ushbu koʻrsatgich bir necha yildan beri oʻsib kelmoqda. Xoʻsh, bu yaxshimi yoki yomon?

Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston havo yoʻllari yaqin vaqt ichida ulkan qarz toʻlashi kerak – IFC

Davlat “tashqi qarzini” muhtojlik tufayli olingan oddiy "qarz" maʼnosida tushunmaslik kerak. Ushbu tushuncha maqsadli kreditlar, sarmoyalar va boshqa mablagʻlarning mamlakat iqtisodiga kirib kelishini bildiradi.

Davlat “tashqi qarzini” qandaydir maʼnoda davlatga boʻlgan “ishonch miqdori” deb tushunsa ham boʻladi. Axir qarz (yoki investitsiya) duch kelgan odam/davlatga ham berilavermaydi-ku. Avval uning ishonchiligi, iqtisodiy imkoniyatlari va istiqbollari tekshiriladi.     

Tashqi qarz - bir tomondan mamlakatda moliya manbaalarining oʻsishiga va iqtisod rivojlanishiga olib keladi. Masalan, AQSH iqtisodi asosan tashqi investitsiyalar hisobiga rivojlangan.

Luk na gryadke - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon Banki Fargʻona vodiysi tadbirkorlariga 200 million $ kredit beradi

Ikkinchidan - tashqi qarz vaqtida toʻlanmasa,  muddati kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlishi va bu mamlakat kredit reytingini tushib ketishiga sabab boʻladi. Reytingi past mamlakatlarga esa – hech kim qarz bermaydi. Bu mamlakatda xorijiy valyutalar kursi oshishiga va oqibatda iqtisodiy tanazzulga sabab boʻlishi mumkin.

Markaziy  bank aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonning tashqi qarz miqdori oʻsishda davom etadi, chunki Oʻzbekiston oʻz iqtisodini rivojlantirish uchun investitsiyalarni faollik bilan  jalb qilmoqda.

Bugungi kunda Oʻzbekiston tashqi qarzi tarkibida xususiy sektor ulushi kamayib davlat sektori ulushi ortib bormoqda. Xususan, 2017 yilda tashqi qarz tarkibida davlat ulushi 7,6 mlrd. $ xususiy sektor ulushi 8,2 mlrd. $ boʻlgan boʻlsa, 2018 yilda davlat ulushi 10,1 xususiy sektor ulushi 7,6 mlrd. $ni tashkil qilgan.

© Press-slujba Tsentralnogo banka UzbekistanaVneshniy dolg Uzbekistana s 2012 po 2018 god
Oʻzbekiston tashqi qarzi muntazam oʻsib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon? - Sputnik Oʻzbekiston
Vneshniy dolg Uzbekistana s 2012 po 2018 god

Bozor iqtisodiga oʻtish uchun islohotlar amalga oshirilayotgan  davlat uchun buni odatiy hol desa boʻladi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarning tashqi qarzi tarkibida, odatda, xususiy sektor ulushi davlat ulushidan bir necha barobar koʻp boʻladi.

Setevoye oborudovaniye - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yaponiya korporatsiyasi Oʻzbekistonga internetni rivojlashtirish uchun kredit taqdim etdi

Satistik maʼlumotlarga koʻra, 2019 yanvar oyi holatiga AQSH tashqi qarzi miqdori 22 trillion dollardan ortiq boʻlgan. Yevropa Ittifoqi tashqi qarzi miqdori – 17, Yaponiyaniki – 11, Britaniyaniki -8, Germaniyaniki – 4 trillion dollarni tashkil qiladi.

Qoʻshni mamlakatlar orasida tashqi qarz miqdori Qirgʻizistonda - 3,7, Turkmanistonda - 5, Ozarbayjonda – 6, Gruziyada – 14, Belorussiyada – 39, Ukrainada -78, Qozogʻistonda – 161 va Rossiyada – 453 mlrd. $ni tashkil qiladi.

Koʻrib turganingizdek, mamlakat iqtisodi qanchalik yaxshi rivojlangan boʻlsa tashqi qarz miqdori ham shuncha katta boʻlmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala