Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 apreldan telefonlarning IMEI kodlarini roʻyxatga olish boshlanadi

© pixabayMobilnыy telefon
Mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Telefonlar IMEI kodlarini roʻyxatga olish, oʻgʻirlangan yoki mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan telefonlardan foydalanish imkonini cheklaydi.

TOSHKENT, 31 mar – Sputnik. Oʻzbekistonda 1 apreldan boshlab GSM operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan barcha mobil qurilmalarning avtomatik tarzda roʻyxatga olish boshlanadi, deb xabar qildi Axborot texnoloiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi.

“Qurilmani avtomatik roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun haq olinmaydi va abonentlardan ularga tegishli qurilmani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hech qanday harakatlar talab etilmaydi – roʻyxatga olish harakatlari tizim operatori va aloqa operatorlari tomonidan amalga oshiriladi”, - deyilgan xabarda.

Mobil qurilmalarni hisobga olish va qurilmani roʻyxatdan oʻtkazish tizimi quyidagilardan foydalanishni cheklashga imkon beradi:

  1. kontrafakt qurilmalarni – yaʼni IMEI-kodi qurilmaning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan qurilmani,
  2. oʻgʻirlanganlik yoki yoʼqotganlik sababidan «qora roʻyxat»ga kirib qolgan qurilmani,
  3. bojxona nazoratidan oʻtmagan qurilmalarni.

Telefon sotib olishdan avval qurilma IMEI-kodi maqomini toʻgʻriligini – UZIMEI.UZ tizimining rasmiy saytida tekshirib olish tavsiya etiladi.

Prezentatsiya novыx smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda IMEI kodsiz telefonlardan foydalanish taʼqiqlanadi

Mobil qurilmalarni hisobga olish va roʻyhatdan oʻtkazish tizimi, shuningdek, GSMA assotsiatsiyasi bilan axborot almashinuvini oʻrnatishga, qolaversa, oʻgʻirlangan yoki yoʻqolgan abonent qurilmalari roʻyxati almashinuvini yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Bugungi kunda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan va ular orasida oʻzaro axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan. Shuning uchun bir mamlakatda oʻgʻirlangan qurilmaning boshqa mamlakatlar hududida ishlatishni cheklanadi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari va 16 milliondan koʻproq mobil internet foydalanuvchilari mavjud. 2019 yilda Oʻzbekiston mobil aloqa operatorlari respublikamizning barcha hududlari boʻylab 3000 ta yangi baza stansiyalarini oʻrnatadi.

Eslatib oʻtamiz, mobil qurilmalarning IMEI kodlarini roʻyxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 847-sonli «Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala