O‘zbekistonda 1-apreldan telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish boshlanadi

© pixabayMobilniy telefon
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telefonlar IMEI kodlarini ro‘yxatga olish, o‘g‘irlangan yoki mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan telefonlardan foydalanish imkonini cheklaydi.

TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab GSM operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan barcha mobil qurilmalarning avtomatik tarzda ro‘yxatga olish boshlanadi, deb xabar qildi Axborot texnoloiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi.

“Qurilmani avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun haq olinmaydi va abonentlardan ularga tegishli qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hech qanday harakatlar talab etilmaydi – ro‘yxatga olish harakatlari tizim operatori va aloqa operatorlari tomonidan amalga oshiriladi”, - deyilgan xabarda.

Mobil qurilmalarni hisobga olish va qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi quyidagilardan foydalanishni cheklashga imkon beradi:

  1. kontrafakt qurilmalarni – ya’ni IMEI-kodi qurilmaning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan qurilmani,
  2. o‘g‘irlanganlik yoki yo’qotganlik sababidan «qora ro‘yxat»ga kirib qolgan qurilmani,
  3. bojxona nazoratidan o‘tmagan qurilmalarni.

Telefon sotib olishdan avval qurilma IMEI-kodi maqomini to‘g‘riligini – UZIMEI.UZ tizimining rasmiy saytida tekshirib olish tavsiya etiladi.

Prezentatsiya novix smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda IMEI kodsiz telefonlardan foydalanish ta’qiqlanadi

Mobil qurilmalarni hisobga olish va ro‘yhatdan o‘tkazish tizimi, shuningdek, GSMA assotsiatsiyasi bilan axborot almashinuvini o‘rnatishga, qolaversa, o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan abonent qurilmalari ro‘yxati almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bugungi kunda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan va ular orasida o‘zaro axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Shuning uchun bir mamlakatda o‘g‘irlangan qurilmaning boshqa mamlakatlar hududida ishlatishni cheklanadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari va 16 milliondan ko‘proq mobil internet foydalanuvchilari mavjud. 2019-yilda O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab 3000 ta yangi baza stansiyalarini o‘rnatadi.

Eslatib o‘tamiz, mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 847-sonli «O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0