Qirg‘izistonda Putinga sovg‘a qilingan ot va itning narxi oshkor etilmadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V. Putina v Kirgiziyu
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V. Putina v Kirgiziyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrif chog‘ida Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov unga orlov oti va taygan kuchuk bolasini sovg‘a qildi.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti apparati Vladimir Putinga sovg‘a qilingan ot va itning narxi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochiqlamadi.

Vladimir Putin 28-mart kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga kelgandi.

Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov do‘stlik belgisi sifatida Rossiya yetakchisiga orlov oti va taygan – qirg‘iz bo‘ribosar it bolasini sovg‘a qilgandi.

“Sovg‘a berganda, uning narxi aytilmaydi”, - deb ta’kidladi Qirg‘iziston prezident apparati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Doniyor Sidikov.  

Shuningdek, apparatda sovg‘alar kimning puliga sotib olingani to‘g‘risida ma’lumot aytilmadi.

Qirg‘izistonda toza orlov zotli otning narxi 5 ming dollardan boshlanib, yarim million dollargacha yetib borishi mumkin.

Taygan kuchuk bolasining narxi esa 100 dollardan 700 dollarni tashkil qiladi.   

Yangiliklar lentasi
0