Dunyoda

Ukraina prezidenti saylovlarining ikkinchi turi oʻtkaziladi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishPrezident Ukrainы Petr Poroshenko
Prezident Ukrainы Petr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Eng soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Ukraina Markaziy saylov qoʻmitasi 65 foizdan ortiq byulletenlarni hisoblab chiqishga ulgurgan.

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti saylovlarining ikkinchi turi oʻtkaziladi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina Markaziy saylov qoʻmitasi raisi Tatyana Slipachuk soʻzlariga asoslanib xabar qilmoqda.

Prezidentskiye vыborы na Ukraine - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ukraina prezidenti saylovida aktyor Zelenskiy yetakchilik qilmoqda

Eng soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Ukraina Markaziy saylov qoʻmitasi 65 foizdan ortiq byulletenlarni hisoblab chiqqan va unga koʻra, Ukraina prezidenti saylovlarining birinchi tur yakunlariga koʻra 30,41 foiz natija bilan aktyor va shoumen Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda. Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenkoni fuqarolarning 16,29 foizi qoʻllab-quvvatlagan. “Batkivщina" partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko 13,10 foiz ovoz bilan uchinchi oʻrinda.

Ukraina prezident saylovida jami 63,52 foiz saylovchilar ishtirok etdi.

Ukraina qonunchililiga koʻra, prezident saylovida gʻolib chiqish uchun 50 foizdan koʻp ovoz toʻplash kerak. Saylov natijalariga koʻra Zelenskiy va Poroshenko saylovning ikkinchi turiga oʻtishadi. Ikkinchi tur esa 21 aprelda boʻlib oʻtishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala