Fransiya politsiyasi quyonlarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qildi

CC0 / pixabay / Zayas
Zayas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya politsiyasi giyohvand moddalarini qidirish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tish uchun quyonlar tanlovini e’lon qildi.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Hazil kuni Fransiya politsiyasi giyohvand moddalarini qidirish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish va kelgusida xizmat qilish uchun quyonlar tanlovini e’lon qildi.

“Milliy politsiyada itlar xizmat qiladi. Biroq, bugun quyonlarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilamiz”, - deyilgan Facebook politsiya akkauntida joylashtirilgan video rolikda.

Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, quyonlarda hid bilish qobiliyati itlarga qaraganda 30 baravar kuchliroq. Marinett laqabli quyon aynan shu chemodanda narkotik moddalari borligini aniqladi.

“Agar quyoningiz kerakli qobiliyatga ega deb hisoblasangiz, uning nomzodini bizga jo‘nating”, - deb qo‘shimcha qildi politsiya zobiti.

Yangiliklar lentasi
0