Dunyoda

Xitoyda rossiyalik model meningit kasalligiga chalindi

© InstagramAlisa Mitrova
Alisa Mitrova - Sputnik Oʻzbekiston
Alisa Mitrova bakterial meningit tashxisi bilan 25 mart kuni Shanxayda kasalxonaga yotqizildi.

TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. Xitoyda rossiyalik model Alisa Mitrova bakterial meningit tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Mitrovaning doʻstlari 25 mart kuni model Shanxayda bakterial meningit bilan kasalxonaga tushganini maʼlum qilishdi.

Qiz onasining soʻzlariga koʻra, tashxishda aniqlangan kasallik sugʻurtaga kirmasligi va shifoxonada davolanish juda qimmat boʻlganligi uchun boshqa shifoxonaga oʻtkazilganini aytdi.   

RIA Novosti qizning otasi Vitaliy Mitrov bilan suhbatlashdi.

“Alisaning ahvoli yaxshi, u hali shifoxonada”, - dedi Mitrov.

Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, bemor yana ikki hafta kasalxonada boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala